OFB mobil ilovasi
3 mart

«Оrient Finans» bank rahbariyati JCB vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

JCB — Yaponiyadagi eng yirik va dunyoning 5 yetakchi to‘lov tizimlaridan biri hisoblanadi. «Оrient Finans» bank mamlakatimizga tashrif buyuruvchi turistlar va mehmonlar uchun zarur sharoitlar yaratish, to‘lov infratuzilmasining rivojlanishiga katta e'tibor qaratadi.

Ayni paytda JCB to‘lov tizimini bank terminallari va bankomatlari orqali qabul qilishni yo'lga qo'yish bo‘yicha ishlar faol olib borilmoqda. Bu esa, yaponiyalik turistlar va umuman JCB kartalari egalari uchun O‘zbekistonda ushbu tizim kartalari orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.