OFB mobil ilovasi
7 fevral

«Orient Finans» bank rahbariyati yosh xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Orient Finans» bankda 3 fevral kuni o'tkazilgan tadbirda Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi Raisining o‘rinbosari Omonov Farruh Farhodjonovich ishtirok etdi va ma'ruza qildi.

Uchrashuv ochiq muloqot formatida bo‘lib o‘tdi. «Orient Finans» bank yoshlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va istiqbolli kadrlarni qo'llab-quvvatlashga katta e'tibor qaratadi. Bugungi kunda bankning tarkibiy tuzilmalarida mehnat qilayotgan jami xodimlarning 50% ni, yani 422 nafarini yosh xodimlar tashkil qiladi. Bank faol ravishda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda.