OFB mobil ilovasi
24 oktabr

«Orient Finans» Banki «Pushti rang lenta kuni» ni tashkil qildi.

15 oktabr sanasida Xalqaro ko‘krak saratoni kasalligiga qarshi kurash kuni nishonlanib, pushti rangdagi lenta, mazkur kasallikka qarshi kurash dasturini qo‘llab-quvvatlaydigan, tashkilotlarning xalqaro ramzi sifatida tan olingan.

 Pushti rang lenta kunini o‘tkazishdan bosh maqsad – ko‘krak bezi saratoni haqida, hamda uni ertaroq tashxislashning zarurligi to‘g‘risida ayollarni habardor qilishdir. Bizning bank – O‘zbekiston moliyaviy institutlari va tashkilotlari orasida, o‘zining sevimli va aziz ayol xodimlari uchun «Ochiq muloqot», «Pushti rang lenta kuni», hamda erta tashxis qo‘yish tadbirlarini o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan birinchi tashkilotlardandir.

Shuningdek, Bankimiz jamoasi Respublika onkologiya markazining bolalar bo‘limida tashkil etilib turadigan, bolalar bayramlarida ham bir necha yillardan buyon mamnuniyat bilan qatnashib kelmoqda. «Orient Finans» Banki ijtimoiy jihatan ahamiyatli bo‘lgan loyihalarni har doim qo‘llab-quvvatlash tarafdori.