“Orient Finans Bank”ning strategik boshqarmasi avvalambor mijozlarning moliyaviy farovonligi va ishbilarmonlik etiketiga erishishga asoslanadi. Kuchli raqobat muhitida iste’mol uchun yangi xizmatlarni yaratgan holda muntazam ravishda oʻzgarishlarni kuzatish talab etiladi.
Aholi orasidagi ishonchni qozonish barobarida “Orient Finans Bank” ishonchli va samarali kredit beruvchi maqomiga erishdi. Aynan ushbu dalilni «S&P Global Ratings» xalqaro reyting agentligi ham tasdiqlab oʻtdi.
“Orient Finans Bank”ning kredit reytingi boʻyicha prognozini qayta koʻrib chiqqan holda «S&P Global Ratings» xalqaro reyting agentligi “Barqaror” maqomini “Ijobiy”ga oʻzgartirdi. Kredit reytinglari «B-/B» darajasida tasdiqlangan. Bu esa oʻz navbatida bank majmuaviy ravishda strategik boshqaruvga intilayotgani va majburiyatlarni qabul qilishda mas’uliyat darajasini munosib baholayotganidan dalolatdir.
“Orient Finans Bank” faoliyatida erishilayotgan ijobiy natijalar negizida xizmat koʻrsatish sifati va samaradorligi birlamchi omil sanaladi.
Oʻz navbatida, “Orient Finans Bank” bank faoliyatini yuqori baholab ishonch bildirganliklari uchun mijozlari va hamkorlariga minnatdorchilik bildiradi.