Hurmatli omonatchilar!
Sizning sog'lig'ingiz biz uchun juda muhim!
Karantin davrida omonatingiz muddati tugab, bankka kelish imkoniyatingiz bo'lmasa, «Orient Finans» bank omonatingiz muddatini avtomatik ravishda uch oyga uzaytiradi.
Bunda:
⠀
Omonatning foiz stavkasi dastlabki kelishilgan shartlarda belgilanganidek o'zgarmasdan qoladi.
Karantin davri tugaganidan so'ng, bankdan omonatingizni va unga hisoblangan foizlarni olib ketishingiz mumkin.
Muddati uzaytirilgan omonatlar bo'yicha hisoblangan foizlar, omonat echib olinsa ham to'lab beriladi.
Omonatlar haqida batafsil ma'lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:
https://ofb.uz/deposits/
⠀
Jamg'armangiz haqida qayg'urmang! Uyda qoling va o'zingizni asrang!
#Uydaqoling - foizlarni olishda davom eting!
Sizni qiziqtirgan savollarga call-markazimiz orqali javob olishingiz mumkin: 71 200-88-99.
*Onlayn tarzda rasmiylashtirilgan omonatlardan tashqari.