Respublikada joriy etilgan karantin holatidan kelib chiqib va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, “Orient Finans” bank quyidagilarni ma’lum qiladi:
Bankning Toshkent va Samarqand shahridagi barcha filiallari, Bank filiallarida joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari, shuningdek o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish punktlari mijozlarga odatiy kun tartibiga muvofiq barcha bank hizmatlarini uzluksiz ko’rsatib kelmoqda.
Mijozlar masofaviy tarzda OFB24 mobil ilovasidan foydalangan holda bankka tashrif buyurmasdan quyidagi bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin:
Р2Р pul o’tkazmalarini amalga oshirish (bank hamkorlari doirasida bir plastik kartadan ikkinchi plastik kartaga qulay shartlar bilan pul o’tkazmalarini amalga oshirish);
internet tarmog’i orqali tovar va xizmatlar uchun onlayn-to’lovlarni amalga oshirish;
xorijiy valyutani so’mga va so’mni xorijiy valyutaga ayirboshlash amaliyoti;
kreditlarni so’ndirish;
100 dan ortiq har xil turdagi xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish (uyali aloqa xizmati, internet, kommunal to’lovlar);
rekvizitlar asosida to’lovlarni amalga oshirish (barcha turdagi shartnomalar rekvizitlari bo’yicha to’lov amalga oshirish);
onlayn omonatlarni rasmiylashtirish.
Bankda tashkil etilgan Сall-markaz mijozlar murojaatlarini qabul qilish va joriy etilgan masofaviy xizmatlarini ko’rsatishga tayyor.
Bankka tegishli bankomatlar 24 soat davomida uzluksiz ishlab kelmoqda va etarli miqdordagi mablag’lar bilan ta’minlangan.
Xalqaro pul o’tkazmalari bilan bog’liq amaliyotlar bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilib kelinmoqda.
Bank xodimlari va mijozlarining sog’lig’ini himoya qilish bo’yicha barcha choralar ko’rilgan.
“Orient Finans” bank barcha yozishmalarni hamda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini quyidagi manzillar orqali masofaviy tarzda qabul qiladi:
-
info@ofb.uz - elektron pochta,
- www.ofb.uz bank veb-saytidagi Boshqaruv Raisning virtual qabulxonasi,
- 94 655-88-99 telefon raqamida tashkil etilgan @ofbsupport telegram-messenjeri.
«Orient Finans» XATB o’z mijozlarini qadrlaydi va ular haqida qayg’uradi.
Qo’shimcha ma’lumotlarni bankning call-markazi orqali olishingiz mumkin:
+998 71 200-88-99.