OFB mobil ilovasi
15 aprel

Siz pul o‘tkazmasini olishingiz kerakmi? Unda o'tkazmani masofadan turib «Оrient Finans» bankining kartasiga qabul qilib oling!

OFB24 mobil ilovasi orqali Siz quyidagi tizimlar orqali yuborilgan o'tkazmalarni o‘z plastik kartangizga milliy yoki xorijiy valyutada qabul qilib olishingiz mumkin:

- Zolotaya korona
- Contact
- Western Union
- MoneyGram
- Intel Express.

Buning uchun OFB24 mobil ilovasining «Pul o‘tkazmalari» bo‘limiga o'tishingiz va bankka o‘tkazma to'g'risidagi ma'lumotlarni quyidagi tarzda yuborishingiz kerak bo‘ladi:

▪️ Ro‘yxatdan kerakli pul o‘tkazmasi tizimi va yuborilayotgan davlatni tanlang;
▪️ O‘tkazmaning nazorat kodini kiriting;
▪️ Yuboruvchining to‘liq ismi va uning telefon raqamini kiriting (ko'rsatilgan bo'lsa);
▪️ Xorijiy valyutadagi o'tkazmaning aniq miqdorini kiriting (AQSh dollari, EVRO);
▪️ Plastik kartalar ro‘yxatidan Siz pul o'tkazmasi mablag'ini kirim qilmoqchi bo‘lgan kartani tanlang;
▪️ «Bankka ko’rib chiqish uchun yuborish» buyrug'ini tanlang va mobil sms-xabarni yuboring.

Sizning Bankka taqdim etgan ma'lumotlaringiz asosida pul o‘tkazmasining to‘lovi amalga oshiriladi. Sizga esa kartangiz hisobi to‘ldirilganligi haqida sms-xabar keladi.

Pul o'tkazmasini kartaga qabul qilib olish uchun bankka yuborilgan ma'lumotlarda xatolik yoki nomuvofiqlik aniqlansa, pul o'tkazmasining to'lovi amalga oshirilmaydi. Bu haqida Sizga sababi ko'rsatilgan holda amaliyotning rad etilganligi haqida sms-xabar keladi.

Eslatib o‘tamiz: pul o‘tkazmalari bo‘yicha arizalar dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi va to‘lanadi.

«Оrient Finans» bankning onlayn-xizmatlaridan foydalaning va o‘zingizni ehtiyot qiling!

#uydao'tiramiz
Keyingi yangilik