OFB mobil ilovasi
17 yanvar

Tashkent City Palaceda 16 yanvar kuni taniqli gimnastka Oksana Chusovitinaning press-anjumani bo'lib o'tdi.

Tadbirda kelgusida professional yo'lining davom ettirilishi va Oksananing 14 noyabrda bo'lib o'tadigan sport shousi borasidagi masalalar muhokama etildi.

«Orient Finans» bank sportchining Tokiodagi 2020 yilda Olimpiadada chiqishining bosh homiysi sifatida ishtirok etmoqda.

Oksana Chusovitina yettita yozgi Olimpiadalarda qatnashgan yagona gimnastka sifatida Giness rekordlar kitobiga kiritilgan. Uch karra jahon chempioni, Evropa va Osiyo o'yinlarining chempioni O'zbekiston uchun olimpik medalni qo'lga kiritishni orzu qilmoqda va «Orient Finans» bank uni bo borada butunlay qo'llab-quvvatlamoqda. Keling, Oksanaga omad va albatta g'alaba qozonishni tilab qolamiz!