OFB mobil ilovasi
29 noyabr

Yangi yil ta'tilini unutilmas tarzda o‘tkazish lozim!

Buning uchun o‘zingizga bayramona dam olish kunlarini tashkil eting — "Orient Finans" bankda sayohat uchun kredit rasmiylashtiring!

Orzuingizni amalga oshirish uchun kutishga hojat yo'q. Qishning sovuq kunlari hukm surayotgan bir paytda, siz xorijda issiqqina quyosh nurlari ostida dengiz sohilida hordiq chiqarishingiz mumkin.

Ta'til paytida qimmatli buyumlaringiz va hujjatlaringiz haqida qayg'urmaslik uchun esa, ularni bankimizning depozit yacheykalarida saqlash uchun qoldiring.

Biz bilan Yangi yil ta'tilingiz yorqin va mazmunli o‘tadi.