OFB mobil ilovasi

Tashqi iqtisodiy faoliyat

2011 yil 4 apreldagi UZ-10-11 shartnomaga binoan Orient Finans XATB va "Alliance Factors Service" MChJ (Moskva, Rossiya) o'rtasida SWIFT AllianceEntry o'rnatish va sozlash ishlari amalga oshirildi. SWIFT CODE ORFBUZ22

Orient Finans XATB tomonidan yuridik shaxslarga (korporativ mijozlarga) chet el valyutasidagi xizmatlarning to'liq ro'yxati

Chet el valyutasida hisob raqamlarini ochish va yuritish

  • Respublika ichida valyuta mablag'larini o'tkazish.
  • O'zbekiston Respublikasidan tashqariga valyuta mablag'larini o'tkazish.
  • Naqd valyuta mablag'lari bilan operatsiyalar.
  • Konversiya operatsiyalari.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog'liq operatsiyalar

  • Eksport va import shartnomalariga xizmatlar va hisobotlarni rasmiylashtirish.
  • Chet el valyutasini konvertatsiya (sotib olish / sotish).
  • SWAP operatsiyalari.
  • SPOT operatsiyalari.
  • E-shartnoma bo'yicha maslahatlar.

Hujjatli operatsiyalar

  • Chet el valyutasida hujjatli akkreditivlar bilan ishlash.
  • Bank kafolatlari va kafilliklarni taqdim etish.

Hujjatli akkreditivlar

Hujjatli akkreditivlar xalqaro savdoda importyorlar va eksportyorlar uchun eng ishonchli hisob-kitob usullaridan biridir.

Hujjatli akkreditiv — bu emitor (akkreditivni ochgan) bankning sotuvchiga akkreditivda ko'rsatilgan hujjatlarni taqdim etilgan taqdirda kelishilgan summani to'lash majburiyatidir.

Bank importyor (sotib oluvchi) ko'rsatmalari asosida shartnoma shartlariga muvofiq akkreditivni ochadi. Importyor va eksportyor uchun akkreditivlar tovarni sotib olish/sotish shartnomasidan ajralgan bitim ekanligini inobatga olish muhimdir. Bankning akkreditiv bo'yicha majburiyatlari akkreditiv matnida ko'rsatiladi.

Hujjatli akkreditivning ishlash printsipi

  1. Eksportyor va importyor o'rtasida shartnoma tuziladi.
  2. Importyor akkreditiv ochish uchun emitor bankga murojaat qiladi.
  3. Emitor bank akkreditivni avizo bankga yuboradi. Avizo bank eksportyorni xabardor qiladi.
  4. Eksportyor tovarni jo'natadi va hujjatlarni avizo bankka topshiradi.
  5. Avizo bank hujjatlarni emitor bankga yuboradi.
  6. Emitor bank avizo bankga to'lovni amalga oshiradi; avizo bank eksportyorga to'lovni o'tkazadi.
  7. Emitor bank hujjatlarni importyorga (mijozga) yuboradi.