OFB mobil ilovasi
31 may

27 may 2022 yil soat 17:00 da

«Orient Finans» bankining Bosh ofisida “Bankda korrupsiyaga qarshi kurashish menedjment tizimini joriy etish” (ISO 37001:2016 halqaro standarti) mavzusida o'quv seminari bo'lib o'tdi.
Seminar spikeri: “CERT Academy Group” halqaro trening kompaniyasi yetakchi o'qituvchisi, IRCA (Buyuk Britaniya) yetakchi auditori, “CERT International” (Slovakiya) sertifikasiya organi rahbari - Ildar Ineleev.
Seminar ishtirokchilari: Bosh bank tarkibiy bo'linmalarining rahbar o'rinbosarlari, Filiallarning tarkibiy bo'linmalari va hududiy Bank xizmatlari markazlari rahbarlari (Filial va BXO xodimlari onlayn-formatda qatnashdilar).