OFB mobil ilovasi
28 avgust

E'lon!

«Orient Finans» XATB tomonidan Toshkent shahridagi filiallari xizmat ko'rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarida uchrayotgan tizimli muammolarni aniqlash, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish, bildirilgan takliflarni ko’rib chiqish hamda ular asosida tadbirkorlarga, ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga yangi turdagi bank xizmatlarini joriy etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi hamda «Orient Finans» XATBning filial rahbarlari, tegishli bo'limlar ishtirokida soat 10:00 dan 16:00 ga qadar quyidagi grafik asosda tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuv o'tkaziladi:
 1. Yunusobod filiali - 28.08.2019 yil. Bank binosida, Yunusobod tumani, Amur Temur ko'chasi 95 a, mo’ljal "Radisson Blu Hotel" mehmonxonasi qarshisida.
 2. Shayxontohur filiali - 29.08.2019 yil. Bank binosida, Shayxontohur tumani, Navoiy ko’chasi 33 uy.
3. Chilonzor filiali - 30.08.2019 yil. Bank binosida, Chilonzor tumani, Chilonzor ko’chasi, daha-3, 55/1, mo’ljal Chilonzor tumani prokuraturasi qarshisida.
 4. Amaliyot boshqarmasi - 09.09.2019 yil. Bank binosida, Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'chasi 5, mo’ljal Irrigatsiya va melioratsiya instituti.
 5. Mirobod filiali - 10.09.2019 yil. Bank binosida, Mirobod tumani, Yakkachinor ko'chasi 7 a uy, mo’ljal 110-sonli maktab.