OFB mobil ilovasi
4 oktabr

Yoshlar kelajagi – bizning qo‘limizda!

«Orient Finans» bank yoshlar intilishlarini doimo qo‘llab-quvvatlaydi va moliyaviy masalalarda ularga yordam qo‘lini cho‘zadi.  

Shu maqsadda, bankimiz xodimlari poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan 262-sonli umumta’lim maktabida interaktiv tarzda ochiq dars o‘tkazdilar. Ochiq darsning maqsadi – aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va yoshlarni moliya bilan tanishtirishdan iborat.

Darsning mavzulari «Pul nima, pulni jamg'arish, oilaviy byudjet, daromadlar va harajatlar»dan iborat bo‘ldi. Dars o‘quvchilarga juda yoqdi va mashg‘ulot davomida ular o‘zlari uchun foydali hamda yangi bo‘lgan ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Umid qilamizki, yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida kelgusida ham bunday esda qolarli tadbirlarni yanada ko‘p o‘tkazamiz.