Mastercard
World Elite
Qulaylikni qadrlovchilar
uchun imtiyozlar
Sayohatlardagi premium imtiyozlar
Dunyo bo‘ylab aeroport biznes-zallariga cheksiz kirish va navbatsiz o‘tish
24/7 konsyerj xizmati
Bronlash, tavsiyalar va kundalik masalalar bo‘yicha shaxsiy yordamchi — safarda ham, uyda ham
Himoya va ishonch
Kengaytirilgan sayohat sug‘urtasi, tibbiy yordam va xaridlar himoyasi
Eksklyuziv takliflar va bonuslar
Dunyo bo‘ylab mehmonxonalar, restoranlar, do‘konlar va servislarida maxsus chegirmalar va takliflar
Vaqt sinovidan o‘tgan ishonchlilik
Orient Finans Bank kartasi — kundalik moliyaviy masalalarda ishonchli hamkoringiz
Karta oddiy to‘lovlardan ko‘prog‘ini ochganda:
OFB kassasi orqali yechib olish uchun komissiya
Amal qilish muddati
Kartani chiqarish narxi
Qisqa arizani to‘ldiring va bankka bormasdan karta oling
Mastercard World Elite
Kartani chiqarish uchun ariza
|
Parametr |
Shart |
|---|---|
|
Karta turi |
Mastercard World Elite |
|
Amal qilish muddati |
3 yil |
|
Chiqarish narxi |
200 000 so‘m |
|
Depozit |
200 AQSh dollari |
|
Abonent to‘lovi |
Oyiga 5 AQSh dollari |
|
Chet elda naqd pul yechish komissiyasi |
1,5% gacha |
|
OFB tarmog‘ida xizmatlar uchun to‘lov va naqd pul yechish komissiyasi |
0% |
|
Boshqa bank kartalariga (VISA, UPI, MC) AQSh dollarida / yevroda / so‘mda pul o‘tkazmalari |
1% |
Asosiy farq — taqdim etiladigan premium imtiyozlar hajmida.
Mastercard World Elite kartasi LoungeKey dasturiga kiruvchi biznes-zallar va Toshkent aeroportidagi Anjir biznes-zalidan, shuningdek, Fast Track xizmatidan cheksiz foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
Mastercard Black Edition kartasi orqali esa ushbu xizmatlarning har biridan yiliga 10 martagacha foydalanish mumkin.
Shuningdek, kartalarni chiqarish narxi va ularga xizmat ko‘rsatish shartlari ham farqlanadi
Depozit — kartani rasmiylashtirish vaqtida karta hisobvarag‘iga joylashtiriladigan mablag‘.
U kartani chiqarish yoki oylik xizmat ko‘rsatish uchun olinadigan to‘lov hisoblanmaydi.
Depozitdan foydalanish va uni qaytarish tartibi bank shartlariga muvofiq belgilanadi
LoungeKey yoki Mastercard Airport Experiences mobil ilovasi orqali mavjud biznes-zallardan birini tanlang.
Biznes-zalga kirishda Mastercard World Elite kartangizni yoki tegishli raqamli kirish ruxsatnomasini taqdim eting.
Biznes-zaldan foydalanish imkoniyati aeroportning ushbu dasturda ishtirok etishiga bog‘liq
Ha, agar tanlangan biznes-zal qoidalarida hamrohlarga ruxsat berilgan bo‘lsa, oila a’zolaringiz bilan birga kirishingiz mumkin.
Cheksiz foydalanish imtiyozi faqat karta egasiga taalluqli bo‘lib, mehmonlarning tashrifi uchun qo‘shimcha to‘lov undirilishi mumkin.
Fast Track — aeroportda xavfsizlik nazoratidan tezlashtirilgan tartibda o‘tish imkonini beruvchi xizmat.
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun Mastercard Travel Pass orqali Fast Track mavjud bo‘lgan aeroportni tanlang va o‘tishni rasmiylashtiring
Ha, Mastercard World Elite kartasi sayohat davomida baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, tibbiy xarajatlar va favqulodda evakuatsiya xarajatlarini qoplash imkoniyatini taqdim etadi.
Umumiy sug‘urta qoplamasi 1,5 million AQSH dollarigacha yetadi.
Sug‘urta himoyasi oila a’zolari va hamrohlarga ham tatbiq etiladi:
Turmush o‘rtog‘i uchun — sug‘urta limitlari doirasida 100% qoplama.
Farzandlar, uy yordamchilari va mehmonga kelgan ota-onalar uchun — sug‘urta limitlari doirasida 25% qoplama.
Hozirda Mastercard World Elite karta egalari uchun yangi Customer Support Center xizmati mavjud.
Ushbu xizmat Mastercard mahsulotlari, xizmatlari va maxsus takliflari bo‘yicha barcha savollarga javob olish imkonini beradi.
Mijozlar o‘zlariga qulay bo‘lgan Telegram yoki WhatsApp messenjerlari orqali rus yoki ingliz tillarida murojaat qilishlari mumkin
Mastercard World Elite kartasi orqali dastur hamkorlaridan xaridlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshiring.
Chegirma yoki keshbek miqdori hamda uni olish shartlari tanlangan maxsus taklifga bog‘liq
OFB mobil ilovasida Mastercard MoneySend xizmati orqali boshqa Mastercard kartalariga pul o‘tkazish mumkin.
Buning uchun qabul qiluvchining karta ma’lumotlarini va o‘tkazma summasini kiritish kifoya
Mastercard World Elite kartasini OFB mobil ilovasida so‘mdagi kartadan mablag‘larni konvertatsiya qilish orqali to‘ldirish mumkin.
Mablag‘lar bankning amaldagi valyuta kursi bo‘yicha konvertatsiya qilinib, kartaga o‘tkaziladi