TENDER: Joriy giperkonvergent klasterni kengaytirish uchun uskunalar yetkazib beruvchini tanlash
Arizani taqdim qilish muddati: | 2026 yil 27 noyabr soat 18-00 ga qadar |
Konvertlarni ochish sanasi: | 2026 yil 30 noyabrda |
XATB “Orient Finans” joriy giperkonvergent klasterni kengaytirish uchun uskunalar yetkazib beruvchini tanlash bo‘yicha tender e’lon qiladi.
Tender hujjatlarini O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Osiyo kochasi 5, manzilda joylashgan Bankning Bosh ofisi binosidan (tel: +99871 205-55-55, ichki - 5208) olish mumkin yoki Word fayl shaklida saytimizdan ko`chirib olish mumkin.
Tender buyurtmasi (zayavka), tender hujjati talablariga muvofiq rus tilida to’ldirib, muhrlangan kovertda 2026 yil 27 noyabr soat 18-00 ga qadar Bankning Tender qo'mitasiga taqdim qilinishi lozim.
Tender buyurtmasining konverti 2026 yil 30 noyabrda Bankning Bosh ofisida ochiladi.
Tender bo'yicha boshlang’ich narx belgilanmagan va tenderda qatnashishda tender xujjatini taqdim qilish uchun xizmat xaqi olinmaydi.