Sayt sinov rejimida ishlamoqda.

TENDER: Shaxsiy kompyuter (monoblok)larni yetkazib beruvchini aniqlash bo’yicha tender muddatini uzaytirish.

«Orient Finans» xususiy aksiyadorlik tijorat banki shaxsiy kompyuter (monoblok)larni yetkazib beruvchini aniqlash bo’yicha tender muddatini uzaytirish uchun tender e'lon qiladi.

Tender hujjatlarini, Tender qatnashchisining yozma murojaati xatiga asosan va muhr bilan tasdiqlangan davlat royxatidan o'tkazilganligi to’grisidagi guvoxnomasi taqdim qilinganda, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Osiyo kochasi 5, manzilda joylashgan Bankning Bosh ofisi binosidan (tel: 205-55-55, ichki - 5208) olish mumkin.

Tender buyurtmasi (zayavka), tender hujjati talablariga muvofiq rus tilida to’ldirib, muhrlangan kovertda 2026 yil 14 aprel soat 18-00 ga qadar Bankning Tender qo'mitasiga taqdim qilinishi lozim.

Tender buyurtmasining konverti 2026 yil 15 aprelda Bankning Bosh ofisida ochiladi.

Tender bo'yicha boshlang’ich narx belgilanmagan va tenderda qatnashishda tender xujjatini taqdim qilish uchun xizmat xaqi olinmaydi.