«Orient Finans» XATB koronavirus infeksiyasi (COVID 19) tarqalishi sababli tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslarda kreditlarni qaytarish bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida:
1. Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida pul oqimlarining kamayishi yuz bergan va loyihalarni ishga tushirish muddatlari kechikayotgan korxonalar, shu jumladan, turizm va xalqaro yuk tashish sohalari, asosiy kontragentlari koronavirus infeksiyasi eng ko‘p tarqalgan davlatlarda joylashgan korxonalar hamda O‘zbekistonda koronavirus profilaktikasi chora-tadbirlarining amalga oshirilishi bevosita faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan korxonalar, shuningdek joriy etilgan karantin davri tasirida ish faoliyatini amalga oshirmasdan daromad ko’rish manbai cheklangan jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarni qaytarish imkoniyatlarini to‘liq o‘rganadi;
2. O‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda, yuridik shaxslarning real pul oqimlari va imkoniyatlari hamda loyihalarni ishga tushirishning kutilayotgan muddatlaridan kelib chiqib, shuningdek karantin davri tasirida ish faoliyatini amalga oshirmasdan daromad kurish manbai cheklangan jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga «Orient Finans» XATB:
- yuridik shaxslar uchun - kreditning asosiy qarzini qaytarish bo‘yicha va pul oqimi foiz to’lovlariga etmagan korxonalarga qo’shimcha ravishda murojaatlardan kelib chiqib, zarur hollarda, hisoblangan foiz to’lovlarni qaytarish bo’yicha 2020 yil 1 oktyabiriga qadar imtiyozli davr berish yuzasidan kredit shartnoma shartlariga o’zgartirish kiritish;
- qarzdor jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning yozma murojaatlariga asosan 2020 yil 1 oktyabiriga qadar kredit bo’yicha to’lovlarni qaytarish yuzasidan imtiyozli davr berish hamda yakuniy to’lovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirish masalalarini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qiladi.
O’z navbatida, joriy etilgan karantin holatidan kelib chiqib va koronavirus infeksiyasi (COVID 19) tarqalishining oldini olish maqsadida mazkur masalalar yuzasidan yozma murojaatlar masofadan turib quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi:
-
info@ofb.uz elektron pochtasi,
- www.ofb.uz bank veb-saytida Boshqaruv Raisning virtual qabulxonasi,
- 94 655-88-99 telefon raqamida tashkil etilgan @ofbsupport telegram-messenjeri.
O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, joriy etilayotgan imtiyozlardan oqilona foydalanish, ya’ni haqiqatda moliyaviy ahvoli yomonlashgan mijozlar tomonidan murojaat qilinishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
«Orient Finans» XATB o’z mijozlarini qadrlaydi va ular haqida qayg’uradi.
Qo’shimcha ma’lumotlarni bankning call-markazi orqali olishingiz mumkin:
+998 71 200-88-99.