Garov ta’minotini garovdan chiqarish yoki almashtirish tartibi
Qarz oluvchi yoki garovga qo‘yuvchi kredit bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulkni asosiy qarz qoldig‘iga mutanosib ravishda qisman garovdan chiqarish yoki garov predmetini almashtirish uchun Bankka ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Ariza belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi va Bankning vakolatli organi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchiga xabar beriladi. Rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari asoslantirilgan holda ko‘rsatiladi.
Bank talablaridan kelib chiqqan holda, kreditning qoplanmagan qismidan ortiq bo‘lgan garov ta’minoti kamaytirilishi mumkin.
Kredit qarzdorligini qoplash maqsadida garovga qo‘yilgan mol-mulk qonunchilikda belgilangan tartibda suddan tashqari realizatsiya qilinishi mumkin. Realizatsiyadan tushgan mablag‘larning yo‘naltirilishi haqida qarz oluvchi va garovga qo‘yuvchiga yozma ma’lumot taqdim etiladi.