Sayt sinov rejimida ishlamoqda.
1 daqiqa
14.10.2026

Hamyonlar o‘rtasidagi tezkor o‘tkazmalar: 0% komissiya!

OFB mobil ilovasida telefon raqami orqali foizsiz pul o‘tkazmalarining qulay xizmatidan foydalaning. Istalgan bank hamyonlariga mablag‘ yuboring — qabul qiluvchining raqami hamyonga bog‘langan bo‘lsa kifoya.
Faollashtirish yo‘riqnomasi:
Ilovani oching va bosh sahifada «O‘tkazmalar» bo‘limiga o‘ting.
Telefon raqami bo‘yicha» belgisini bosing.
Paydo bo‘lgan menyudan «Hamyonga» bandini tanlang.
Ro‘yxatdan kerakli hisobni tanlang va uni faollashtirish uchun uning yonidagi tugmani bosing.
Ma’lumotlaringizni tekshiring va «Hamyonni ulash» tugmasini bosing.
Ishonchli telefon raqamingizga keladigan SMS-kodni kiriting.
Tayyor! Hamyoningiz muvaffaqiyatli ulandi va endi siz pul o‘tkazmalarini komissiyasiz qabul qilishingiz va yuborishingiz mumkin.
Orient Finans Banki — tezlik va qulaylik.