OFB Mobile’da pul o‘tkazmalari uchun yangi tariflar
OFB Mobile orqali pul o‘tkazmalari yanada qulay bo‘ldi.
2026-yil 15-iyuldan 2027-yil 14-yanvarga qadar Uzcard, OFB Junior va Sherdor kartalaridan boshqa bank kartalariga bir kalendar oyida 5 000 000 so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalar komissiyasiz amalga oshiriladi.
Limitdan oshgan summa uchun 0,5% komissiya undiriladi.
Shuningdek, VISA Direct, MoneySend va boshqa xalqaro P2P o‘tkazmalari bo‘yicha komissiya 1,5% dan 1% gacha kamaytirildi. Minimal komissiya — 2 USD, 2 EUR yoki 20 000 so‘m.