Sayt sinov rejimida ishlamoqda.
1 daqiqa
23.10.2026

🚨 OGOH BO‘LING — FIRIBGARLARDAN EHTIYOT BO‘LING!

Hurmatli mijozlar! Agar Sizga telefon yoki messenjer orqali qo‘ng‘iroq qilib yoki yozib, o‘zini bank, Markaziy bank, davlat organlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi deb tanishtirgan shaxs pullaringizni boshqa hisobvaraqqa, jumladan, «xavfsiz hisobvaraq»qa o‘tkazishni so‘rasa, — ehtiyot bo‘ling! Bu firibgarlik bo‘lishi mumkin.

O‘zingizni qanday himoya qilishingiz mumkin?

🔹 Notanish shaxslarning talabiga binoan pul o‘tkazmang.

🔹 SMS orqali kelgan tasdiqlash kodlari, PIN-kodlar va bank ilovasiga kirish parollarini hech kimga aytmang.

🔹 Shubhali havolalarni ochmang va noma’lum ilovalarni o‘rnatmang.

🔹 Ma’lumotni tekshirish uchun bankning rasmiy aloqa kanallari orqali mustaqil ravishda bog‘laning.

Pul o‘tkazib yubordingizmi yoki maxfiy ma’lumotlaringizni oshkor qildingizmi? Zudlik bilan «Oriyent Finans» bankiga murojaat qiling:

☎️ +998 (71) 200 88 99

💬 Telegram: @OfbSupport

Pul o‘tkazishdan oldin to‘xtang va ma’lumotni tekshiring!