Sayt sinov rejimida ishlamoqda.
1 daqiqa
10.10.2026

«Orient Finans» Banki va BNY Mellon: xalqaro hamkorlikni rivojlantirish!

9-oktabr kuni «Orient Finans» Banki va Amerikaning BNY Mellon moliya instituti vakillari o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Banklar o‘rtasidagi hamkorlik 2024-yildan buyon davom etib kelmoqda. O‘sha yili BNY Mellon bankida OFB’ning AQSH dollaridagi korrespondentlik hisobvarag‘i ochilgan edi.
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikni kengaytirish va xalqaro ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan kelgusi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.