Qarz oluvchilar uchun muhim ma’lumot
Kreditni o‘z vaqtida to‘lamaslik quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
Umumiy qarzdorlik miqdorining ko‘payishi.
Qarzdorlikni majburiy undirish choralarini qo‘llash.
Undiruvni qarz oluvchining mol-mulkiga qaratish.
Mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar kreditni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning saqlanib qolishi.
Kafil yoki garovga qo‘yuvchi tomonidan to‘langan summalarni qarz oluvchidan undirish.
Bank hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini xatlash.
Mamlakatdan chiqish huquqini vaqtincha cheklash.
Kredit tarixining yomonlashishi.