OFB mobil ilovasi
2 aprel

Mana, O'zbekistonda ilk marta tashkil etilgan CrossFit musobaqalari ham yakuniga yetdi!

Dam olish kunlari BeFit Box klubi hududida "Jismoniy jihatdan eng yaxshi tayyorgarlikka ega atlet" - FITTEST IN STONE CITY maqomi uchun bellashuvlar bo'lib o'tdi! Unga og'ir atletika bo'yicha Olimpiya o'yinlari chempioni Ruslan Nuriddinov mehmon sifatida taklif etildi.

30-mart kuni 64 nafar qatnashchi ishtirokida saralash bahslari o'tkazilgan edi. Ulardan 33 nafari keyingi bosqichga o'tishgan.

31-mart kungi final o'yinida erkaklar va ayollar orasida eng kuchlilar aniqlandi. Mirzayeva Gavhar hamda Fillipov Igor g'oliblikni qo'lga kiritdilar. Ular tashkilotchilar, hamkorlar tomonidan qimmatbaho sovg'alar, shuningdek, Orient Finans Bankdan asosiy sovrin - 2 500 000 so'm yutug'iga sazovor bo'ldilar.