Endi «Uzcard» tizimidagi plastik kartalarni bir zumda «Оrient Finans» bankning barcha chakana amaliyotlar kassalarida naqd pul bilan to‘ldirishingiz mumkin!
⠀
Plastik karta hisobini to‘ldirish uchun:
⠀
o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan «Оrient Finans» bankning filiali, bank xizmatlari markazi yoki bankdan tashqarida joylashgan chakana amaliyotlar kassalariga tashrif buyurishingiz;
bank kassasiga zarur pul mablag‘ini to‘lashingiz kerak bo‘ladi;
xizmat uchun to‘lov kartani to‘ldirish qiymatidan 2 % ni tashkil etadi.
⠀
Shuningdek, «Оrient Finans» bankning chakana xizmatlar kassalarida 400 dan ortiq xizmat turlari uchun to‘lovni amalga oshirish mumkin.Tez va qulay!