OFB mobil ilovasi
2 mart

«Оrient Finans» bankda Toshkent shahridagi «Lider» nomli maktabning o‘quvchilari uchun ekskursiya tashkil qilindi

Bolalar bankning tarkibiy tuzilmalari va ularning ish jarayoni bilan tanishdilar. O'quvchilarga bank mahsulotlari va xizmatlari haqida tushunchalar berildi hamda yosh mehmonlarning barcha savollariga batafsil javob berildi. Bolalar bankning yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari bilan tanishib chiqishdi. Shu bilan birga, ularga bankning rivojlanish tarixi va faoliyat turlari to‘g‘risida tayorlangan videoroliklar namoyish etildi. Ekskursiya O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Global Money Week loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Bu kabi tadbirlar bolalarni maktab yoshidanoq moliyaviy savodxonligini oshirishga va bo'lajak bankirlarni tayyorlashga ko‘maklashadi. Ekskursiyada olingan bilim bolalarga kelajakda o‘qishda, ishda va hayotda foydali hisoblanadi.