2019 yilning 6-7 dekabr kunlari «Orient Finans» bank rahbariyati xorijlik konsul'tant Maykl Seltser moderatorligi ostida strategik rivojlanish masalasida uchrashuv o‘tkazdi.
⠀
Maykl Seltser — to'g'ridan to'g'ri investisiyalarni jalb qilish, kapital bozorlari va moliyaviy tranzaksiyalar yo'nalishlarida 25 yildan ortiq tajribaga ega bankir hisoblanadi. Markaziy va Sharqiy Yevropa, Singapur, Xitoy va Yaponiyaning nufuzli moliyaviy institutlarida tajriba ortirgan. Shu bilan bir qatorda, davlat, xususiy kompaniyalar va banklarga to'g'ridan to'g'ri investisiyalar va kapitallarni jalb qilish, moliyaviy amaliyotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq loyihalar bo‘yicha maslahatlar berib kelgan.
⠀
Uchrashuv davomida xorijlik mutaxassisning tajribasiga asoslanib, ishlab chiqilgan biznes-loyihalarning namunalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, chakana va korporativ xizmat ko‘rsatishni jadal rivojlantirish, Bankning moliyaviy xizmatlar bozoridagi pozisiyasini mustahkamlash, ilg‘or texnologik yechimlar va yangi bank mahsulotlarini joriy etish samaradorligini oshirish bo‘yicha ta'sirchan choralarni ko‘rish masalalari muhokama etildi.