OFB mobil ilovasi
30 mart

Orient Finans Bank barcha yozishmalarni hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini vaqtincha masofadan turib qabul qiladi

Respublikada joriy etilgan karantin holatidan kelib chiqib va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Orient Finans Bank barcha yozishmalarni hamda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini quyidagi manzillar orqali masofaviy tarzda qabul qiladi:
- info@ofb.uz elektron pochtasi,
- www.ofb.uz bank veb-saytida Boshqaruv Raisning virtual qabulxonasi,
- 94 655-88-99 telefon raqamida tashkil etilgan @ofbsupport telegram-messenjeri.

«Orient Finans» XATB o’z mijozlarini qadrlaydi va ular haqida qayg’uradi.
Qo’shimcha ma’lumotlarni bankning call-markazi orqali olishingiz mumkin:
+998 71 200-88-99.